Navbatdagi “Tinchlik missiyasi” mashg‘ulotlari 2018-yilda Rossiyada o‘tkaziladi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov"Tinchlik missiyasi" ishtirokchilari
Tinchlik missiyasi ishtirokchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
21 sentabr kuni ShHT mamlakatlari bosh shtablari vakillari “Tinchlik missiyasi-2016” antiterroristik o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichida ishtirok etadilar.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. ShHT mamlakatlarining navbatdagi “Tinchlik missiyasi” o‘quv mashg‘ulotlari 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadi, dedi Rossiya harbiy kuchlari bosh shtabi rahbari o‘rinbosari Sergey Istrakov, RIA Novostiga asosan.

"Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari bosh shtablari rahbarlarining yig‘ilishida navbatdagi yig‘ilish hamda “Tinchlik missiyasi” o‘quv mashg‘ulotlarini 2018-yilda Rossiya Federatsiyasida o‘tkazishga qaror qilindi", — dedi Istrakov.

ShHT o‘quv-mashg‘ulotida 300dan ortiq harbiy texnika qatnashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
"Tinchlik missiyasi 2016"da 300 jangovar texnika qatnashmoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT hududiy antiterroristik tizimi faoliyati masalalari ko‘rib chiqilgan, hududdagi harbiy siyosiy vaziyat hamda terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash chora-tadbirlari muhokama qilingan.

Yig‘ilish so‘ngida ShHT hududida xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha tomonlarning pozitsiyalariga mos keluvchi yakuniy protokol imzolangan.

21 sentabr kuni ShHT mamlakatlari bosh shtablari vakillari “Tinchlik missiyasi-2016” antiterroristik o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichida ishtirok etadilar.

Yangiliklar lentasi
0