Suriya armiyasi “Jabhat an-Nusra” hujumini qaytardi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishAleppoda So‘riya armiyasi
Aleppoda So‘riya armiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng shiddatli janglar Aleppo g‘arbida harbiy o‘quv yurti va 1070 kvartali hududlarida bo‘lib o‘tdi. Terrorchilar to‘rt tank, uch jangovor mashina, pulemot o‘rnatilgan to‘qqiz pikap avtomobillari yo‘qotishdi. Yuzga yaqin jangari yo‘q qilindi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya Havo-kosmik kuchlari yordamida Suriya harbiylari “Jabhat an-Nusra”  jangarilari hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Yuzdan ortiq terrorchilar yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Suriyada tinchlik o‘rnatish markazi.

Bir kun oldin “Jabhat an-Nusra” jangarilari Aleppo janubi-g‘arbida hujumga o‘tishgan edi. Hujum natijasida jangarilar Shayx-Masud va Al-Shkeyf hududlarida hukumat qo‘shnlarini siqib qo‘yib “Kastello” magistralining 1 km bo‘lagini qo‘lga kiritishgan edi.  

Suriya armiyasi Rossiya Havo-kosmik kuchlari yordamida terrorchilar hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.  “Jabhat an-Nusra”ning hujumchi otradlari butunlay yo‘q qilindi.

Eng shiddatli janglar Aleppo g‘arbida harbiy o‘quv yurti va 1070 kvartali hududlarida bo‘lib o‘tdi. Terrorchilar to‘rt tank, uch jangovor mashina, pulemot o‘rnatilgan to‘qqiz pikap avtomobillari yo‘qotishdi. Yuzga yaqin jangari yo‘q qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0