TOShKENT, 19 sen — Sputnik. 2016-yilning 21-25-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya o‘z ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Shuningdek, delegatsiyaning Nyu-York shahriga tashrifi dasturidan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining muvofiqlashtiruvchi uchrashuvida nutq so‘zlash hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘rin olgan.