Ekspert: Rossiya Davlat dumasi saylovi asosan iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishRossiya Davlat Dumasi
Rossiya Davlat Dumasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos ekspertlar fikriga ko‘ra Dumaning yangi tarkibi Rossiya tashqi siyosatida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Asosiy o‘zgarishlar iqtisodiy sohalarda kutilmoqda.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Bugun Rossiya Davlat dumasi saylovi natijalari hisoblash yakunlandi. Unga ko‘ra saylovchilarning 54 % “Yedinaya Rossiya”, 13,35 % “KPRF”,  13,16% “LDPR” va 6,21 % “Spravedlivaya Rossiya” uchun ovoz berishdi.

Ushbu natijalarga ko‘ra, Davlat dumasining 76 % o‘rinlari Yedinaya Rossiya partiyasi a’zolari egallaydi. Ya’ni ushbu partiya a’zolari konstitutsion ustunlikka ega bo‘lib, har qanday qonunni tasdiqlash imkoniga ega bo‘ladi.

Tartib raqami bo‘yicha yettinchi son bo‘lgan yangi Duma Rossiya tashqi siyosatida qanday rol o‘ynaydi.  Bu haqida Sputnik Rossiyaning yetakchi siyosatshunoslaridan so‘radi.

“Davlat dumasi saylovi Rossiya tashqi siyosatida hech qanday o‘zgarishlarga olib kelmaydi, — dedi MGIMO o‘qituvchisi, siyosiy fanlar doktori, Tahlillar markazi direktori Andrey Kazansev,  Buning sababi oddiy — Konstitutsiyaga ko‘ra tashqi siyosat prezident ixtiyorida. Federatsiya Kengashi tashqi siyosatga Dumadan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, chunki u Rossiya qo‘shnlarini chet elda ishlatishga ruxsat beradi”. 

“Davlat dumasiga saylangan partiyalar, aslida, oldin u yerda bo‘lgan partiyalarning o‘zi bo‘lsada, lekin deputatlar tarkibi jiddiy o‘zgaradi. Yangi Dumada butunlay boshqa deputatlar tarkibi ishlaydi. Shuningdek xalqaro munosobatlar qo‘mitasida ham butunlay yangi duputatlar ishlaydi. Ushbu sohalarda, aytarlik jiddiy o‘zgarishlar kutilmasada, ayrim yangiliklar kiritilishi aniq”, — deydi Andrey Kazansev.

Siyosiy ma’lumotlar markazi direktori Aleksey Muxin ham Tashqi siyosatda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

“Tashqi siyosat butunlay prezident qo‘lida, shuning uchun ham, menimcha, Davlat dumasi asosan, prezident boshlagan ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. “Yedinaya Rossiya” Dumada ega bo‘lgan konstitutsion ustunlik ularga nafaqat parlamentning quyi palatasida yetakchilik qilishga, balkim katta javobgarlik burchini ham yuklaydi”, — deydi Aleksey Muxin.

Siyosatshunos fikriga ko‘ra Dumaning quyi palatasi hukumatga avvalombor iqtisodiy muammolarni hal qilishga yordam beradi.

“Kecha bo‘lib o‘tgan saylovga saylovchilarning kam kelishi, bu o‘tgan saylov Dumasining “xizmati” (Muxinning fikriga ko‘ra ular siyosat bilan keragidan ortiq shug‘ullanib, saylovchilar ishonchini yo‘qotgan). Iqtisodiy tanazzul vaqtida Rossiyaliklarni birinchi navbatda mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy kelajagi ko‘proq qiziqtiradi. Agar yangi Duma buni his qilsa, uning obro‘si ancha baland bo‘ladi. Umumamn aytganda, ushbu saylovga rossiyaliklar ko‘proq “iqtisod” uchun ovoz berishga kelishgan”.

Yangiliklar lentasi
0