Orlovskdagi avtohalokatda ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Obuna bo‘lish
Avtohalokat dushanba kuni ertalab M-2 "Qrim" trassasida yuz bergan. Ford Transit mikroavtobusining Chevrolet Cruze avtomobili bilan to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 7 kishi jarohatlangan.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning besh nafar va O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi Orlovsk viloyatida sodir bo‘lgan Ford Transit mikroavtobusining Chevrolet Cruze avtomobili bilan to‘qnashib ketishi oqibatida jarohatlandi, tulalik ikki fuqaro esa halok bo‘ldi, deb xabar beradi RIA Novosti qutqaruv xizmatidagi manbasiga tayanib.

"Jarohatlanganlarning besh nafari Ukraina, ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari", — deydi agentlikka suhbatdosh.

Uning aytishicha, tulalik ikki fuqaro halok bo‘lgan.

Marshrut taksi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ichida yo‘lovchisi bo‘lgan marshrut ag‘darilib ketdi

O‘z navbatida hududiy IIV boshqarmasi ikki kishi halok bo‘lgani va sakkiz kishi jarohatlanganini bildirmoqda. Ma’lumotga qaraganda, Belgoroddan Moskva tomon harakatlanayotgan Chevrolet haydovchisi qarama-qarshi tomondan kelayotgan Ford Transitning yo‘liga chiqib ketgan.

To‘qnashuv oqibatida Chevrolet Cruze haydovchisi va uning yonida bo‘lgan 1970-yilda tug‘ilgan ayol halok bo‘lgan. Mikroavtobus haydovchisi va yo‘lovchilari turli darajada tan jarohati olishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0