Moskva markazida 20 yashar qizni so‘yib ketishdi

© NewsTeam / Mediabankka o‘tishTez tibbiy yordam mashinasi
Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RIA Novosti nashrining huquqni muhofaza qilish organlaridan olgan xabariga ko‘ra, qiz bo‘yniga pichoq bilan berilgan zarba tufayli halok bo‘lgan.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Moskva shahrining markazida florist bo‘lib ishlaydigan qiz o‘ldirib ketildi, deya xabar tarqatmoqda RIA Novosti nashri.

"Qiz ko‘chadan ketib borayotgan vaqtida noma’lum shaxs unga hujum uyushtirgan. Jinoyatchi o‘z "o‘ljasi"ga pichoq bilan hamla qilgach, uning sumkasini yulib qochib ketgan. Qiz esa hodisa joyida halok bo‘lgan", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Rossiya tergov qo‘mitasi rahbarining katta yordamchisi Yuliya Ivanovaning aytishicha, ayni vaqtda qotillik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qizning tanasi yakshanba kuni Xamovnicheskiy valdagi turar uylar atrofida aniqlangan. Tergovchilarga ko‘ra, marhumaning bosh qismidam tig‘li predmet bilan berilgan zarbalar borligi tasdiqlangan.

Jinoyatchi qizning shaxsiy narsalarini o‘g‘irlaganligi ham aytilmoqda. Qotillik va qiz shug‘ullangan ish — floristlik o‘rtasida biron aloqadorlik bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.

Qotillik yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0