TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Bombardimonlar "Tolibon" radikal harakati jangarilari o‘ta faol bo‘lgan Afg‘oniston janubidagi Uruzgan provinsiyasida ro‘y bergan.
"Birinchi bor berilgan zarba vaqtida bir nafar politsiyachi halok bo‘ldi, uning hamkasblari hodisa ro‘y bergan joyda to‘planishgach, samolyotlar ikkinchi zarbani amalga oshirdi, buning oqibatida yana yetti nafar politsiyachi halok bo‘ldi", — dedi agentlikka Xoja Rahim — xodimlari favot etgan yo‘llarni qo‘riqlash bo‘linmasi rahbari.
Rahimning ta’kidiga qaraganda, zarbalar amalga oshirilgan vaqtda tumanda dushmanlar harakatlanishi kuzatilmagan. AQSh generali Charlz Klivlend, o‘z navbatida, Pajvak agentligiga, Amerika Harbiy Havo kuchlari noma’lum qurollangan shaxslar hujumiga nisbatan shu tariqa reaksiya qaytarganliklarini ma’lum qilgan.