TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Pekin hukumati 2030-yilga kelib Xitoy poytaxtini global ilmiy va texnologik innovatsiyalar markaziga aylantirmoqchi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Bu haqda XXR Davlat Kengashi vaziri Li Ketsan tomonidan ratifikatsiya qilingan hujjatda aytilgan.
Hukumat rejasiga muvofiq, Pekin ilmiy texnologik innovatsiyalar sohasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallab, iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasida qutb vazifasini o‘tashi kerak. "2030 yilga kelib poytaxtimiz innovatsiyaga oid kadrlar uchun eng yaxshi joyga aylanib, madaniyat sohasida yangilik olib kiradigan hudud sifatida dong taramog‘i, hamda ekologiyaga oid qurilishlar sohasida boshqalarga o‘rnak bo‘lmog‘i lozim", — deb ta’kidlangan hujjatda.