Davlat Dumasi sayloviga berilgan ovozlarning 90% hisoblandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRossiya Davlat dumasi majlisi
Rossiya Davlat dumasi majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi natijaga ko‘ra, saylovchilarning 47,93 % saylovda qatnashgan, ayni damda 90% ovozlar hisoblab chiqilgan. “Yedinaya Rossiya” partiyasi – 54,21 % ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi saylovi bulletenlarining 90% hisoblab chiqildi. Uning natijasiga ko‘ra yangi Davlat dumasi tarkibi to‘rt partiya vakillaridan iborat bo‘ladi: “Yedina Rossiya”, KPRF, LDPR va “Spravedlivaya Rossiya”.

Ayni damda 90% hisoblangan ovozlar natijasiga ko‘ra, "Yedinaya Rossiya" partiyasi 54,21% saylovchilar ovoziga ega bo‘lgan. KPRF (kommunistlar partiyasi, Zuganov) – 13,53 % ovoz bilan ikkinchi o‘rinda, LDPR (liberal-demokratik partiya, Jirinovskiy) – 13,28 % ovoz bilan uchinchi o‘rinda va “Spravedlivaya Rossiya" (Mironov) — 6,19% ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinda.

Saylovdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin, saylovda o‘zi a’zo bo‘lgan "Yedinaya Rossiya" partiyasi g‘olib chiqishini aholining tinchlik va siyosiy barqarorlikka bo‘lgan intilishi bilan izohladi. 

"Hozir vaziyat murakkab, odamlar buni tushunishadi va siyosatda, o‘sha biz ko‘p marta aytib o‘tgan, barqarorlikni istashmoqda. Odamlar mamlakatda va parlamentda ishonchlilik bo‘lishini xoxlaydi", — dedi Vladimir Putin saylov natijalari haqida.

Rossiya qonunlariga ko‘ra, Davlat dumasi tarkibiga kirish uchun kamida saylovchilarning 5% ovoziga ega bo‘lish kerak. 3% dan ortiq ovoz olgan partiyalar esa davlat budjeti hisobiga moliyalashtirish huquqiga ega bo‘ladi.

Yuqori to‘rt partiyadan tashqari “Rodina” partiyasi ham parlamentda 1 o‘ringa ega bo‘lgan. Partiya rahbari Aleksey Juravlev Moskvaning Annino okrugida 44,95 % ovoz to‘play olgan, “Grajdanskaya platforma” partiyasi a’zosi Rifat Shayxuddinov esa Neftekamsk okrugida 44,84% ovoz olgan. Undan tashqari Adigeya viloyatidan hech qaysi partiyaga a’zo bo‘lmaga Vladislav Reznik ham parlamentdan o‘rin oladi. Reznik uchun o‘z okrugidagi saylovchilarning 55% ovoz bergan.

Saylov natijalariga ko‘ra yuqorida keltirilgan to‘rt partiyadan boshqa partiyalar na 5% na 3%dan ko‘p ovoz olgan. "Kommunisti Rossii" partiyasi 2,35%, "Yabloko" - 1,87%, “Rossiyskaya partiya pensionerov - 1,74%, "Rodina" - 1,44%, Partiya rosta — 1,19% ovoz to‘plashgan. Qolgan besh partiya a’zolari esa 1% dan kam ovoz to‘play olishgan. PARNAS - 0,7%, "Patrioti Rossii" - 0,58%, "Zelenie" - 0,74%, "Grajdanskaya platforma" - 0,22% va "Grajdanskaya sila" - 0,14%.

Yangiliklar lentasi
0