TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi 2016-yilgi yagona saylov kuni nihoyasiga yetmoqda. Moskva vaqti bilan soat 18:00 da umumrossiya hisobida saylovda 39,7 % aholi ishtirok etdi, Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra.
MSK raisi Ella Pamfilova aytishiga ko‘ra, eng ko‘p saylovchi Kemerovo viloyatida kelgan. U yerda saylovga kelganlar soni 78,9 %ni tashkil qilgan.
"Soat 17:00 da saylovga keluvchilar soni Kemerovo viloyatida 78,96%, Tumen viloyatida 74,3%, Chechenistonda 72,16 %ni tashkil qildi. Eng kam odam qatnashgan viloyatlar Moskva viloyati 21,73%, Moskva shahri 19,86%, Sankt-Peterburg 16,12 %", — dedi Pamfilova jurnalistlarga.
Bugun Rossiyada Davlat Dumasiga yagona saylov kuni. Rossiya fuqarolari Davlat Dumasining yangi tarkibini tanlamoqda. Bu safargi saylovda 14 partiya qatnashmoqda. Parlamentda o‘rin olish uchun, saylovchilarning kamida 5% ovoziga ega bo‘lish kerak. Umumiy hisobda Davlat Dumasi saylovida 111,5 mln saylovchi qatnashadi, jumladan chet elda bo‘lga Rossiya fuqarolari ham.