TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Ukrainadagi diplomatik muassasalarda joylashgan Rossiya Davlat dumasi saylov uchastkalarida vaziyat notinch bo‘lmoqda. Kiyevdagi Rossiya elchixonasi atrofida Ukraina hukumati qo‘riqlashni kuchaytirishga majbur bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda maxsus topshiriqlar bo‘yicha Rossiya elchisi Andrey Nesterenko.
Eslatib o‘tami 17-sentabr tunda 20 ga yaqin radikal millatchilar Rossiya elchixonasi binosiga mushaklar va tutun shashkasi bilan “o‘qqa tutishgan” edi. Baxtli tasodif tufayli yong‘in sodir bo‘lmadi.
"Hozir ham vaziyat murakkab, ayniqsa Kiyevda. Lekin Ukraina hukumati elchixona atrofida qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rmoqda. Elchixonada saylov uchastkasi ochilgan”, — dedi Nesterenko.
Bugun Rossiyada Davlat Dumasiga yagona saylov kuni. Rossiya fuqarolari Davlat Dumasining yangi tarkibini tanlamoqda. Bu safargi saylovda 14 partiya qatnashmoqda. Parlamentda o‘rin olish uchun, saylovchilarning kamida 5% ovoziga ega bo‘lish kerak.
Umumiy hisobda Davlat Dumasi saylovida 111,5 mln saylovchi qatnashadi, jumladan chet elda bo‘lga Rossiya fuqarolari ham. Markaziy saylov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning 147 mamlakatida saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ularning aksariyati Rossiyaning chet eldagi 235 elchixona va konsullik binolarida joylashgan bo‘ladi.
O‘zbekistonda ham Toshkent, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida saylov uchastkalari ishlaydi.