Toshkent shahrining sobiq hokimi Jizzax shahriga hokim etib tayinlandi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasida qatnashgan, tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar hokimi Asror Qobilovni o‘z vazifasidan ozod etilgan.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 16-sentabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sessiyasida qatnashgan, tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar hokimi Asror Qobilovni o‘z vazifasidan ozod etilgan.

O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga ko‘ra Jizzax shahar hokimi vazifasiga Abduqahhor To‘xtayev tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0