Angren-Pop temir yo‘li orqali Andijon-Buxoro yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Obuna bo‘lish
Poyez qatnovi haftada bir marotaba amalga oshiriladi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik: joriy yilning 20-sentabridan boshlab 392/391 Andijon-Buxoro-Andijon yo‘lovchi poyezdining harakati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot-xizmati.

"Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish samarasini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 20-sentabridan boshlab, 392/391 Andijon-Buxoro-Andijon yo‘lovchi poyezdining harakati yo‘lga qo‘yiladi. Haftada bir marotaba qatnovi amalga oshiriladigan ushbu poyezd Andijon vokzalidan shu kuni soat 14:30 jo‘naydi, shuningdek, mazkur yo‘lovchi poyezdi Marg‘ilon, Qo‘qon, Pop, Orzu, Toshkent, Guliston, Jizzax, Samarqand, Navoiy vokzallarida to‘xtab o‘tadi.21-sentabr kuni soat 06:30da Buxoro vokzaliga yetib boradi", — deyilgan xabar matnida.

Teskari yo‘nalishda, ya’ni Buxorodan Andijonga qarab poyezd qatnovi o‘sha kunning o‘zida soat 22:30da amalga oshirilishi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0