TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati.
Yo‘llagan tabrik maktubida Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevga mustahkam sog‘lik va davlat ishlarida muvaffaqiyatlar, qirg‘iz xalqiga esa — tinchlik va farovonlik tilagan.
"Aminmanki, tarixan yuzaga kelgan o‘zbek-qirg‘iz aloqalari bundan keyin ham do‘stona qo‘shnichilik va hurmat asosida hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida rivoj topadi", — deyiladi xabar matnida.