TOShKENT, 16 sen — Sputnik. MDH rahbarlari Hamdo‘stlik sammiti kengashida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yodga olishdi.
“Sentabr boshida hamkasabamiz Islom Karimov bu dunyoni tark etdi, men barchani bir daqiqa sukut saqlab uning xotrasini yodga olishni so‘rayman”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti MDH sammitining kengaytirilgan majlisi ochilishida.
“Men Qozog‘iston prezidenti kiritgan, delegatsiya rahbarlari nomidan Islom Karimov vafoti munosobati bilan, O‘zbekistonga va o‘zbek xalqiga murojaatnoma yozish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlayman. U kishi haqiqatdan ham yuksak hurmatga sazovor, MDH hayotida faol qatnashgan inson edi. Men ushbu fikrni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman”, — dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvi etib Shavkat Mirziyoyev tayinlandi. O‘zbekistonda yangi prezident saylovi 4-dekabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.