Toshkentda yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzToshkentda yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi
Toshkentda yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgichi qurilishi haqida ushbu yilning mart oyida e’lon qilingan edi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Toshkentning Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida, “Novza” metro bekati yonida, yangi transport bog‘lamasi qurilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" portali. 

Bugun ushbu chorrahada uzunligi 600 metr bo‘lgan, olti qatorli yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi. Ushbu munosabat bilan shahar ma’muriyati haydovchilarni hududdagi harakat cheklanishlari haqida ogohlantirgan edi.

Ushbu gavjum chorrahada yo‘l o‘tkazgich qurilishi haqida 2016-yilning mart oyida ma’lum bo‘lgan edi. Qurilish yakunlanishining aniq muddati hali e’lon qilingani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0