Merkel Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni "o‘ta tang" deb baholadi

Obuna bo‘lish
"Yevropa Ittifoqi o‘ta tang ahvolda turibdi, uning muammolari yetakchilarning bitta uchrashuvi chog‘ida hal etilmaydi", deb bayonot qildi Germaniya kansleri.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Bratislav shahrida o‘tkazilgan sammit vaqtida Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqi o‘ta tang ahvolda ekanligini ma’lum qildi, deya xabar tarqatmoqda RIA Novosti.

"Sammit mohiyati Yevropa muammolarini bitta yig‘ilishning o‘zidayoq hal qilishda emas — biz haqiqatan juda tang ahvoldamiz — balki, hatti-harakatlarimiz orqali biz yaxshi tomonga o‘zgara olishimizni namoyish etishdir", — degan Merkel. Kansler so‘zlaridan Reyter nashri iqtibos keltirgan.

Juma kuni 27ta Yevropa mamlakatlari rahbarlari Buyuk Britaniya ishtirokisiz Bratislav shahrida to‘planishmoqda. Sammitning bosh mavzusi — Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqayotgan bir paytda Yevropa Ittifoqi kelajagini belgilab olishdir. Bundan tashqari, sammit davomida migratsiya, xavfsizlik va iqtisodiy masalalar ham muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya fuqarolari iyun oyida YeI tarkibidan chiqish uchun ovoz bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0