TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Bugun Bishkekda MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib o‘tdi, Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra.
Kengashdan keyin, MDH tuzilmasini qanday islohilar kutayotganini jurnalistlarga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev aytib berdi.
“MDH tashkiloti samaradorligini oshirish va unga yangi hayot baxsh etish masalalari bo‘yicha qizg‘in muhokama bo‘ldi. Biz sammitlar kun tartibini qisqartirishga kelishib oldik. Davlat rahbarlari strategik va magistral masalalarni hal qilishiga imkon bo‘lishi uchun, biz faqat eng muhim, global va konseptual xarakterga ega bo‘lgan masalalarni kun tartibiga chiqarishga kelishib oldik”, — dedi Abdildayev.
MDH ijroiya kotibi Sergey Lebedev tashkilot kelajagi haqi so‘zlab berdi. U MDH davlatlarini bir-biri bilan minglab iqtisodiy, madaniy va tarixiy aloqalar bilan bog‘langanini aytib o‘tdi.
“MDHning hech bir rahbari tashkilotni yo‘qilish taklifi bilan chiqqani yo‘q. Barcha uni yangilash va samaradorligini oshirish takliflarini kiritdi. MDHni yo‘q qilish yoki tarqatib yuborish haqida gap bo‘lgani yo‘q. Mening kelajakkdan umidim katta, obyektiv sabablar tashkilot a’zolarini yanada jips hamkorlikka undaydi”, — dedi Sergey Lebedev.
Bugun, 16-sentabr kuni, kunning ikkinchi yarmida Bishkekda MDH rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.