TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qozog‘iston parlamenti senati(yuqori palatasi)ning deputati, Qozog‘iston prezidenti qizi Dariga Nazarboyeva o‘zining davlat rahbari vorisi ekanligi haqidagi gap-so‘zlarni "chayqovchilik", deb atadi.
Aytib o‘tish joizki, juma kuni deputatlar Nazarboyevaning senatning xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlanishi uchun ovoz berdilar.
"Men o‘zimni vataniga sadoqat va vafo ila xizmat qiladigan hamda prezidentimiz jamoasi a’zosi bo‘lgan inson deb bilaman. Bu kabi gap-so‘zlarning barchasi, agar bilsangiz — chayqovchilikdan boshqasimas", — dedi Nazarbayeva jurnalistlarning "o‘zingizni otangizning vorisi deb bilasizmi". degan savoliga javob qaytarar ekan.
Nazarboyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu masala atrofida o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish maqsadida quruq gap-so‘zlar tarqatuvchilar haddan ziyod.