AQShlik teleboshlovchi jonli efirda Trampning mashhur soch turmagini paxmaytirdi

© REUTERS/Randall HillMilliarder Donald Tramp
Milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning mashhur soch turmagi shu paytga qadar juda ko‘p marotaba parodiya va hazillar obyektiga aylangan...

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp, hajviy Tonight Show ko‘rsatuvida ishtiroki davomida boshlovchiga o‘zining mashhur soch turmagini paxmaytirishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Boshlovchi Jimmi Fellon nomzod dasturi va uning saylovoldi kampaniyasi haqida jiddiy savollar berdi, deyiladi xabarda. Efir so‘ngida esa Trampga u prezident bo‘lmasidan turib biron "ahmoqona narsa" qilish mumkinmi, deb savol berdi.

"Aynan qanday?", degan savolga javoban Fallon nomzodning soch turmagini hurmaytirishni xohlashini aytdi.

Tramp bundan avvaliga biroz dovdirab qolgan bo‘lsa-da, ammo bir necha soniya o‘ylab ko‘rib, rozi bo‘ldi.

Shundan so‘ng boshlovchi qarsaklar ostida Trampning shu paytga qadar juda ko‘p parodiya qilingan soch turmagini paxmaytirdi.

Yangiliklar lentasi
0