TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Elimizning ardoqli va atoqli shoiri, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi, buyuk ustoz Abdulla Oripov sog‘lig‘ini tiklash va yanada mustahkamlash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga uchib ketdilar va bugungi kunda muolaja olmoqdalar”, — deb yozgan Muhammad Ismoil.
"Millatimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz oldida hamisha ta’zim va tashakkurdamiz! Durdona asarlaringiz bilan xalqimizning ming yillik oltin xazinasini yanada boyitaverishingizga tilakdoshmiz! Baxtimizga bor bo‘ling ulug‘ ustoz!", — deya tilak bildirgan Muhammad Ismoil.