TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya hududiy markazi rahbari Petko Draganov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar beradi RIA Novosti Rossiya TIVga asoslanib.
"Suhbat chog‘ida Markaziy Osiyo hududidagi vaziyat va hududiy markazning faoliyati muhokama qilindi. Markazning hududdagi barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan barcha sohalardagi masalalarda hamkorlikni rivojlantirishda preventiv diplomatiya vositasi orqali bajarayotgan roliga yuqori baho berildi",- deyiladi xabarda.
Vazirlikda “markazning KXShT, ShHT va MDH bilan hamkorligini yanada kengaytirish zaruriyati” ta’kidlandi.