FBR direktori veb-kameralarni to‘sib qo‘yishni maslahat berdi

Obuna bo‘lish
"Bu aqlli qarorlardan biridir. Sizni kuzatishga haqqi yo‘q insonlardan o‘zingizni himoya qilishga haqlisiz. Menimcha, bu yaxshi", — dedi FBR direktori.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Federal qidiruv burosi (FBR) direktori Jeyms Komi noqonuniy kuzatuvlardan saqlanish uchun kompyuterlardagi veb-kameralarni tasma bilan to‘sib qo‘yishni tavsiya qildi, deb xabar beradi RIA Novosti 9to5mac portaliga asoslanib.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidagi anjumanda chiqish qilar ekan, Komi veb-kameralarni to‘sib qo‘yish foydali ekanligini aytdi.

"Bu aqlli qarorlardan biridir. Sizni kuzatishga haqqi yo‘q insonlardan o‘zingizni himoya qilishga haqlisiz. Menimcha, bu yaxshi", — dedi FBR direktori.

Ilgariroq Komi o‘z veb-kamerasini yopishqoq tasma bilan to‘sayotganligi tasvirlangan lavha internet foydalanuvchilar e’tiborini tortgandi. FBR direktoridan tashqari Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg ham veb-kamerasini yopishqoq tasma bilan yopib qo‘yishni afzal ko‘radi.

Yangiliklar lentasi
0