TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Respublika Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan O‘ktamjon Saidov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi saytida xabar qilingan.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2016-yil 14-sentabrdagi buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi O‘ktamjon Abdullayevich Saidov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Surxondaryo viloyati prokurori etib 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
O‘ktamjon Saidov shu yilning avgustida Toshkent shahar prokurorligiga tayinlangan Botir Qudratxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.