O‘zbekiston va Tailand qirolligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanadi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishBankokdagi uy
Bankokdagi uy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilning 5-7 oktabr kunlari Tailand qirolligining turizm va sport vaziri Kopkran Vatanavrankul xonim O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Kopkran xonimning tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Tailand qirolligi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik dasturi imzolanishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda "O‘zbekturizm" matbuot-xizmati.

Vazir shuningdek, joriy yilning 5-7 oktabr kunlari "Uzekspotsentr" ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi faoliyatida ishtirok etadi. Tailand Qirolligi 2016-yilgi Toshkent xalqaro sayyyohlik yarmarkasida qatnashayotgan hamkor-davlat hisoblanadi, deyilgan xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0