TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Bugun Yerevanda O‘zbekiston ham ishtirok etuvchi "TEFI-Hamdo‘stlik" xalqaro televizon festivali ochiladi, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston.
MDH davlatlari va yaqin xorij mamlakatlari telekompaniyalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan festival 18-sentabrga qadar davom etadi.
Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston va Ukraina vakillari ishtirok etadi. Qayd etish joizki, festival oltinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Bu yilgi festivalga ishtirokchi davlatlarning yigirmata telekompaniyasining yigirma sakkizta ishi taqdim etilgan.