O‘zbekistonda 1-oktabrdan elektr energiya narxi 5%ga oshadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishElektr podstansiyasi
Elektr podstansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu joriy yilda respublikada elektr energiya narxining ikkinchi marta oshishidir. 1-aprelda tariflar 8,6 foizga oshgandi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Yoqilg‘i energiya boyliklarining tannarxi oshishi munosabati bilan "O‘zbekenergo" AJ 2016-yil 1-oktabrdan boshlab elektr energiya narxlari oshishini ma’lum qildi.

1 kVt soat elektr energiyasi uchun 191 so‘m narx belgilandi. Isitish, issiq suv bilan ta’minlash va sovutish (konditsiyalash) uchun esa elektr energiyasining narxi 201,5 so‘mni tashkil etadi. Elektr plitalar bilan jihozlangan turar joy xonadonlari uchun 1 kVt soat elektr energiyasi narxi 95,5 so‘m etib belgilandi.

Bu joriy yilda respublikada elektr energiya narxining ikkinchi marta oshishidir. 1-aprelda tariflar 8,6 foizga oshgandi.

Yangiliklar lentasi
0