O‘zbekistonda 1-oktabrdan tabiiy gaz narxi oshadi

Obuna bo‘lish
Ulgurji iste’molchilariga (shu jumladan issiqlik ta’minoti korxonalariga) yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi 1000 kub metri uchun 246 100 so‘m qilib belgilandi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi ulgurji iste’molchilariga (shu jumladan issiqlik ta’minoti korxonalariga) yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi 2016-yil 1-oktabrdan QQS hisobga olingan holda 1000 kub metri uchun 246 100 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda “O‘ztrans” aksionerlik kompaniyasining saytida xabar qilingan.

Yangi narxnomaga muvofiq aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gazning 10 kub metri narxi gaz o‘lchash uskunasi bo‘lgan holda 2461 so‘m etib belgilandi. Gaz o‘lchash uskunasi mavjud bo‘lmagan iste’molchilar uchun esa tabiiy gazning 10 kub metri uchun 4255,9 so‘m narx belgilandi.

Ulgurji iste’molchilariga (shu jumladan issiqlik ta’minoti korxonalariga) yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi 1000 kub metri uchun 246 100 so‘m qilib belgilandi.

Bu 2016-yilda respublikada tabiiy gaz narxining ikkinchi marta oshirilishidir. Aprel oyida tariflar 8,1 foizga oshgandi.

Keyingi yillarda respublikada tabiiy gaz iste’moli 1,3 baravarga oshdi va yiliga 50 milliard kub metrni tashkil etadi. Gaz qazib olish hajmi esa yiliga 62-65 milliard kub metrga teng.

Yangiliklar lentasi
0