TOShKENT, 14 sen — Sputnik. 2016-yilning 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Xabarda ta’kidlanishicha, suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilingan.