Namanganda noqonuniy yo‘lovchi tashuvchilar jazoga tortildi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishTaksi
Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jami bo‘lib 1896 ta transport vositasi tekshirildi. Deyarli har bir holatda yo‘lovchilarni tashish noqonuniy tarzda olib borilayotganligi aniqlandi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Namanganlik soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida aholiga noqonuniy tarzda transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan 1704 nafar fuqaroni aniqlandi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

Namanganlik Ismoil N. shaxsiy avtomashinasida yo‘lovchi tashiyotganida to‘xtatildi. U yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi birorta ham hujjat ko‘rsata olmadi va avtomobili jarima maydonchasiga jo‘natilib, ma’muriy bayonnoma tuzildi. Noqonuniy tarzda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan to‘raqo‘rg‘onlik Bahodir R. bilan ham shunday hol yuz berdi.

Nashrning bildirishicha, jami bo‘lib 1896 ta transport vositasi tekshirildi. Deyarli har bir holatda yo‘lovchilarni tashish noqonuniy tarzda olib borilayotganligi aniqlandi.

1334 nafar qonunbuzarga sud qarorlari asosida jami 723 million so‘mlik jarima jazosi qo‘llanildi. Yana 26 nafar qonunbuzarga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilishi mumkin – ularning ishi prokuraturaga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0