TOShKENT, 14 sen — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. AQSh Xitoy ustidan Butunjahon savdo tashkilotiga arz qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Amerika rasmiylarining ta’kidiga ko‘ra, Xitoy o‘rnatilgan umumiy qoidalarga zid ravishda bug‘doy, makkajo‘xori va sholi narxlarini subsidiya qilmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama seshanba kuni bayonot qilgan.
"Xitoy hukumatining bug‘doy, makkajo‘xori va sholiga bozor narxidan ancha yuqori narx belgilashi g‘irromona davlat subsidiyalariga olib kelmoqda. Bu esa, tabiiyki BST qoidalariga ham ziddir. Eng muhim deb tan olingan don ekinlarining buzib ko‘rsatilayotgan narxlari Xitoyda ortiqcha ishlab chiqarishga olib kelmoqda. Bu esa xuddi shunday don mahsulotlarini butun dunyoga eksport qilayotgan amerikalik fermerlarga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmayapti", — deyiladi Obama bayonotida.
