AQSh Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning bir qismini bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMi-17 Vertoletlari
Mi-17 Vertoletlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki yil oldin Rossiya Afg‘onistonga 63 ta MI-17 vertoleti yetkizib bergan edi. Sanksiyalar kiritilganidan keyin ushbu vertoletlarga texnik xizmat ko‘rsatishning iloji bo‘lmay qoldi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. AQSh Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning bir qismini bekor qildi, dedi Rossiya TIV Ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov. Gap xususan, Rosoboroneksport va harbiy vertoletlar haqida ketmoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh Afg‘oniston hukumatiga yordam berish uchun milliardlab dollar sarf qilishga tayor. Afg‘onistonga esa – Rossiyada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘ kerak.  

“Prezident (Vladimir Putin)  biz ayrim qurollarni bepul yetikizib yebrishimiz mumkin, masalan, o‘qotar qurollar va aslahalar, lekin yuqori texnologiyali mahsulotlar uchun pul to‘lash kerak. Amerikaliklar esa bunga javoban: Ukraina borasida kiritilgan sanksiyalar tufayli biz Rossiya bilan hamkorlik qila olmaymiz, deyishmoqda.  Aslida esa, ularga Rosoboroneksportga nisbatan Afg‘onistonga vertoletlar yetkizib berish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun sanksiyalarni bekor qilishga hech narsa xalal bermadi. Ya’ni, ular xoxlagan vaqtda, hamma narsa mumkin", — dedi Zamir Qobulov “Rossiya Segodnya” XAAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Diplomatning so‘zlariga qaraganda, AQSh “Rossiyaga yomon bo‘lsin” degan prinsipga amal qilib,  Rossiya bilan to‘laqonli hamkorlik qilmayapti. “Lekin bundan birinchi navbatda, Afg‘onlarga yomon bo‘lmoqda”, — dedi Kabulov.

Uning so‘zlariga qaraganda amerika o‘zi boshi berk ko‘chaga kirib qolib, sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga majbur bo‘lishmoqda.

“Sanksiyalar olib tashlanmasdan turib, vertoletlarga texnik xizmat ko‘rsatishning iloji yo‘q”, — dedi diplomat.   

“Biz, AQSh bilan tuzilgan shartnoma asosida, avvalgi yil Afg‘onistonga 63 dona Mi-17 vertoleti yetkizib berdik. Undan tashqari Afg‘onistondan Sovet Ittifoqi davrida yetkizib berilgan bir necha o‘nlab vertoletlar bor edi. Rosoboroneksportga nisbatan sanksiyalar kiritganidan keyin, biz yetkizib bergan vertoletlar egasiz qoldi. Ya’ni, hech kim ularga texnik xizmat ko‘rsata olmay qoldi”, — dedi  TIV vakili.

Diplomatning so‘zlariga qaraganda “Rosoboroneksport” ushbu vertoletlarga xizmat ko‘rsata oladi, lekin kompaniya — “xayriya tashkiloti” emas, shuning uchun xizmat, boshqa barcha mamlakatlarga bo‘lgani, kabi to‘lov asosida amalga oshiriladi.  

"Rosoboroneksport" — harbiy va ko‘p maqsadli mahsulot va texnologiyalarni eksport qilish vakolatiga ega bo‘lgan Rossiyada yagona korxonadir. AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda bir necha o‘nlab Mi-17 vertolotidan foydalanishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0