To‘rt kilo quyma oltinni O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik qo‘lga olindi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishQuyma oltin
Quyma oltin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Yaqinda "Ayritom" chegara-bojxona kompleksi xodimlari tomonidan afg‘onistonlik fuqaroning qing‘ir qilmishlari fosh qilindi, xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Respublikamiz hududi orqali xorijga yo‘l olgan ushbu shaxs tomonidan to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasidagi ma’lumotlar asosida M. Salim(ismi sharifi o‘zgartirilgan)ga tegishli bagaj va qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasida deklaratsiyada ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha salkam 4 kg og‘irlikdagi quyma tillalar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi. Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 494,5 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi salkam 4 kg oltin davlat egaligiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 5-avgustda 2606-son bilan ro‘yxatga olingan "Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tish paytida jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldiriladigan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining 5-bandida har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori aniq ko‘rsatilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0