O‘zbekistonda 14-sentabr kuni 32 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

© Sputnik / Utarbekov / Mediabankka o‘tishFarg‘ona vodiysi
Farg‘ona vodiysi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston gidrometeorologiya markazining xabariga qaraganda, 14-sentabr kuni respublika hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya markazining xabariga qaraganda, 14-sentabr kuni respublika hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Markazning xabar berishicha, 14-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +6…+11 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +15 darajagacha, qolgan hududlarda +18 darajagacha iliq bo‘ladi.

Chorshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +16…+21 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +27…+32 daraja, qolgan hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +30 darajagacha issiq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0