TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiya hukumati rasmiy huquqiy-axborot portalida xorijdan Rossiyaga tuz olib kirilishi taqiqlangani haqida e’lon qilingan.
Hujjat 2016-yilning 1-noyabridan kuchga kiradi.
Hujjatda aytilishicha, suvda eritilgan yoxud eritilmagan tuz(shu jumladan, osh tuzi) yoxud sof natriy xloridi va dengiz suvini Rossiya federatsiyasiga olib kirish man etiladi.
Rossiya 2014-yilning avgust oyida Ukrainadagi vaziyat tufayli o‘ziga qarshi sanksiya e’lon qilgan davlatlardan oziq-ovqat mahsulotlari import qilinishini cheklagan edi. O‘shanda go‘sht, kolbasa, baliq va dengiz mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlarini import qila olmaydigan davlatlar bu: Amerika, YeIga a’zo mamlakatlar, Avstraliya, Norvegiya, Albaniya, Chernogoriya, Islandiya, Lixtenshteyn va Ukrainadir.