Uzbekistan Airways yana uchta Dreamliner olishni rejalashtirgan

© Sputnik / StringerToshkentda Boeing 787 Dreamliner qabul qilish marosimi
Toshkentda  Boeing 787 Dreamliner qabul qilish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Boeing-fuqaro samolyotlari" kompaniyasi prezidenti Reymond Konnerning O‘zbekistonga yaqinda qilgan tashrifi vaqtida yangi samolyotlar xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgandi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi yana uchta Boeing 787 Dreamliner samolyotini olishni rejalashtirgan, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga aviakompaniyadagi manba.

"Boeing-fuqaro samolyotlari" kompaniyasi prezidenti Reymond Konnerning O‘zbekistonga yaqinda qilgan tashrifi vaqtida yangi samolyotlar xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgandi.

"Kompaniyalar uchta yangi samolyot sotib olish borasida dastlabki kelishuvga ega. O‘zbek aviakompaniyasining birinchi ikki “orzu layner”lari 787-8 turkumida bo‘lgan bo‘lsa, yangi samolyotlar yo‘lovchi o‘rindiqlari soni ko‘paytirilgan 787-9 bo‘ladi", — dedi manba.

Toshkentda Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib olish - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Boing 787 «orzu layneri”ni kutib oldi

Shuni ham qayd etish joizki, o‘zbek tomoni bu o‘rinda samolyotlarga nisbatan bir qator talablarni qo‘ymoqchi. An’anaga ko‘ra, bu ekonom tasnifida o‘rindiqlar orasidagi masofaning kengroq bo‘lishi, kattalashtirilgan ekranlar va yana boshqa qulayliklardan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 31-avgustida Uzbekistan Airways o‘zining ilk “orzu layneri”ni qabul qilgandi.

Shu yilning noyabr oyida aviakompaniya parki ikkinchi Boeing 787-8 Dreamlinerni qabul qilib oladi. Yangi samolyotlar AQSh va Kanada, Osiyo, Afrika va Avstraliyadagi shaharlarga parvoz qiladi.

Yangiliklar lentasi
0