ShHT 2,5 ming xudkush terrorchi haqida ma’lumot to‘pladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRossiya FXX direktori o‘rinbosari Sergey Smirnov
Rossiya FXX direktori o‘rinbosari Sergey Smirnov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya FXX generali aytishiga qaraganda, hozircha, terrorchilarga qarshi kurashning eng samarali yo‘li, bu - ma’lumot almashish va uni o‘z vaqtida yetkizib berishdir.

TOShKENT, 13 sen Sputnik. Shanxay Hamkorligi tashkiloti Hududiy Antiterror Tuzilmasi (ShHT HATT) ixtiyorida 2,5 ming xudkush terrorchi va 69 ta tashkilot haqida ma’lumot bor, dedi jurnalistlarga seshanba kuni Olma-Otada Rossiya FXX direktori o‘rinbosari armiya generali Sergey Smirnov.

“Bugungi kunda bizda 2,5 ming xudkush terrorchi va 69 tashkilot haqida ma’lumot bor. Ma’lumotlar bazasi tashkil qilish g‘oyasini biz (Rossiya) taklif qilgan edik. Keyingi majlisda biz shunday ma’lumotlar bazasi tuzish haqida rasmiy qaror qabul qilamiz”, — dedi Smirnov ShHT HATTning 29 kengashida.

Uning so‘zlariga qaraganda, “bu borada boshqa chora o‘ylab topish qiyin, maxsus xizmatlar ixtiyorida bo‘lgan barcha uslublar qo‘llanilmoqda, hozircha bu faqat ma’lumot almashish va uni o‘z vaqtida yetkizib berishdir”.  

Generalning so‘zlariga qaraganda, terrorchilikda gumon qilinayotganlar barcha yo‘llar bilan yashirinishga harakat qiladi, ro‘yxatda turgan joyini o‘zgartiradi, “ular  turgan joyni, qayerda tayorgarlik ko‘rayotganini hech kim bilmaydi”.

Yangiliklar lentasi
0