ShHT Bishkekdagi teraktga tojik, xitoy va rossiyalik shaxslar aloqadorligini aniqladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBishkekdagi XXR elchixonasi oldidagi portlash
Bishkekdagi XXR elchixonasi oldidagi portlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 avgust kuni ertalab hudkush terrorchi Mitsubishi Delica avtomobilida Bishkekdagi Xitoy elchixonasi darvozasiga kelib urilgan va mashinaga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirgandi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti maxsus xizmatlari Bishkekdagi Xitoy elchixonasi oldida sodir etilgan terrorchilik xurujiga tojik, xitoy va rossiyalik shaxslar aloqadorligini aniqladi, deb xabar berdi Rossiya FXX xizmati direktori o‘rinbosari Sergey Smirnov, RIA Novosti xabariga asosan.

"Bishkekdagi teraktga aloqador shaxslarni aniqlash ishlari ShHT maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Ayni paytda tojik, xitoy va rossiyalik shaxslar iziga tushilgan", — dedi Smirnov.

30 avgust kuni ertalab hudkush terrorchi Mitsubishi Delica avtomobilida Bishkekdagi Xitoy elchixonasi darvozasiga kelib urilgan va mashinaga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirgandi.

Portlash oqibatida elchixonadagi bino va qurilmalarga zarar yetgan, elchixonaning uch nafar xodimi jarohatlangan. Terrorchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining aniqlashicha, teraktni hudkush terrorchi – “Sharqiy Turkiston islom harakati” terrorchilik tashkilotining a’zosi, Tojikiston fuqarosi Xalilov Zoir nomiga rasmiylashtirilgan pasport bilan yurgan uyg‘ur millatiga mansub shaxs amalga oshirgan.

Yangiliklar lentasi
0