Moskvadagi hayit namozlarida deyarli 200 ming musulmon qatnashdi

Obuna bo‘lish
Muftiylar kengashi raisining so‘zlariga ko‘ra, bayram tadbirlari poytaxt hokimiyatining qo‘llab-quvvatlashi sababli o‘ta yuqori ruhda tashkil qilindi.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Moskvadagi jome masjidida Qurbon hayiti namozini ado etish uchun 90 ming musulmon yig‘ildi va butun poytaxt bo‘yicha 180 ming musulmon hayit namozini o‘qidi, deb xabar beradi RIA Novosti Rossiya muftiylar kengashi raisi Ravil Gaynutdinning so‘zlariga asoslanib.

Muftiy Gaynutdin dushanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan jome masjidida tantanali marosim uyushtirdi. Unda taniqli siyosatchilar, olimlar, jamoat arboblari ishtirok etdi.

Muftiylar kengashi raisining so‘zlariga ko‘ra, bayram tadbirlari poytaxt hokimiyatining qo‘llab-quvvatlashi sababli o‘ta yuqori ruhda tashkil qilindi. Gaynutdin diniy boshqarma va hukumat idoralarining birgalikdagi harakatiga yuqori baho berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon-bayram bilan tabrikladi

"Bu qo‘llab-quvvatlashlarsiz biz uddalay olmasdik. Aynan Moskva hokimiyatining yordami bilan Moskva jome masjidida 90 mingdan ortiq kishi jam bo‘ldi. Butun Moskva bo‘yicha esa bu raqam ikki marta ko‘proqni tashkil etadi", — dedi Gaynutdin.

U shuningdek Rossiya prezidenti Vladimir Putin, bosh vazir Dmitriy Medvedev, Moskva meri Sergey Sobaninlarning qutlov nomalari uchun minnatdorlik bildirdi va diniy markazlar, poytaxt va federal hukumatning o‘zaro mustahkam hamkorligi davom etishiga ishonch bildirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0