TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiyaning Bratsk shahrida o‘tkazilgan Hamdo‘stlik kubogining final bahsida O‘zbekiston va Tojikiston futbol jamoalari orasida janjal chiqdi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
O‘yin 1:2 hisobda Tojikiston ustunligi bilan davom etayotgan vaqtda ikki raqib futbolchisi orasida janjal kelib chiqqan. Futbolchilar maydonda mushtlasha boshlaganini ko‘rgan tomoshabin va muxlislar ularni ajratish uchun maydonga tushib kelgan. Shundan keyin haqiqiy guruh mushlashuvi boshlanib ketgan. Ularni faqat yetib kelgan politsiya ajratishga muvaffaq bo‘lgan.
Oqibatda, o‘yin davom ettirilmagan va kubok egasiz qolgan. Bu yil Bratskda bo‘lib o‘tgan musobaqada Tojikiston, O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon jamoalari ishtirok etgan.
Qizig‘i shundaki, aslida Bratskda tashkil qilingan ushbu kubokning asl maqsadi – shaharda yashayotgan turli Hamdo‘stlik mamalakatlari diasporalari orasidagi do‘stona munosabatlarni kuchaytirish bo‘lgan.