Qurbon hayit – musulmonlarning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi. Islom manbaalarida aytilishiga qaraganda ushbu kun Ibrohim payg‘ambar Ollohga qurbonlik keltirgan kuni sharafiga bayram qilinadi.
Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz o‘qishadi. Namozdan so‘ng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qo‘shnilarga, kambag‘al va nochorlarga tarqatiladi.
Qurbonlikka atalgan hayvon ma’lum bir qoidalarga muvofiq tanlab olinadi. Kasallangan, oriq yoki qo‘rinishida kamchilliklari bor hayvon qurbonlik qilishga yaramaydi. Qurbonlikni so‘yish ham ma’lum qonun qoidalarga binoan amalga oshirilishi kerak.
Ushbu urf-odatlar va Qurbon Hayit bayrami haqida infografikamizni tomosha qiling.