Xitoy Koreya inqirozi uchun AQSh javobgar ekanligini aytdi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq Pentagon rahbari Eshton Karter Xitoyni KXDR yadroviy dasturidan voz kechishi uchun Pxenyanga bosim o‘tkazishga chaqirgandi.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Koreya yarimorolida Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari oqibatida paydo bo‘lgan inqirozni yechish uchun Xitoy emas, AQSh javobgardir, dedi Xitoy TIV vakili Xua Chunin deb xabar beradi RIA Novosti.

Ilgariroq Pentagon rahbari Eshton Karter Xitoyni KXDR yadroviy dasturidan voz kechishi uchun Pxenyanga bosim o‘tkazishga chaqirgandi. Osloga tashrifi chog‘ida Karter jahon hamjamiyatiga navbatdagi yadro sinovlaridan keyin Shimoliy Koreyaga bosimni “ikki karra” kuchaytirish chag‘irig‘i bilan chiqqan va bunda Xitoyning o‘rnini ta’kidlagandi.

"Menimcha, janob Karter o‘ta kamtarlik qildi. Shimoliy Koreya yadroviy muammosining ildizi Xitoyga emas, AQShga borib taqaladi. Bu muammo AQSh va KXDR o‘rtasidagi nizodan boshqa narsa emas. Ehtimol AQSh bu muammoning rivojlanishini ko‘rib chiqishi va uni qanday qilib samarali tarzda hal qilishni o‘ylab ko‘rishi zarurdir. Bunga AQSh javobgar, chunki aynan ular bu muammoni paydo qilishdi", — dedi Xua Chunin Pentagon rahbarining so‘zlariga izoh berar ekan.

Pxenyan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston KXDRda o‘tkazilgan yadroviy sinovlardan xavotirda

U shuningdek sanksiya va bosimlar vaziyatni faqatgina chigallashtirishi mumkinligini ta’kidladi.

"Bu muammoni yechish uchun bir-birimizning xavfsizlik manfaatlarimizni hisobga olishimiz lozim. Biz barcha tomonlarni bayonotlar va xatti-harakatlarda ehtiyotkor bo‘lishga, vaziyatni chigallashtirmaslikka hamda Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz", — qo‘shib qo‘ydi Xua Chunin.

AQSh muntazam ravishda Pekinni Pxenyanga ta’sir o‘tkazmaslikda ayblab keladi. Xitoy esa o‘z navbatida barcha urinishlarni qilayotgani va muammo Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi nizoda ekanligini ta’kidlaydi.

Yangiliklar lentasi
0