Kareliyada “Islom davlati” da’vatchisi qo‘lga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishJinoyatchining qo‘lga olinishi
Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FXXning ma’lumot berishicha, qo‘lga olingan shaxs o‘zi da’vat qilgan kishilarga noqonuniy qurolli guruhlar va xalqaro terrorchilik tashkilotlarining g‘oyaviy rahnamolari tomonidan tayyorlangan foto va videomahsulotlarni jo‘natgan.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Kuch tizimi xodimlari Petrozavodsk va Murmansk aholisini “Islom davlati” terrorchilik guruhiga da’vat qilish bilan shug‘ullangan shaxsni qo‘lga olishdi, deb xabar beradi RIA Novosti Kareliya FXX boshqarmasiga asoslanib.

"Shimoliy kavkazlik bo‘lgan Rossiya fuqarosining Kareliya respublikasi, Murmansk viloyati va Dog‘iston respublikasi aholisini muntazam ravishda jinoiy guruhga kirishga va uning faoliyatida ishtirok etishga undab kelishiga chek qo‘yildi", — deyiladi xabarda.

FXXning ma’lumot berishicha, qo‘lga olingan shaxs o‘zi da’vat qilgan kishilarga noqonuniy qurolli guruhlar va xalqaro terrorchilik tashkilotlarining g‘oyaviy rahnamolari tomonidan tayyorlangan foto va videomahsulotlarni jo‘natgan.

“Shu bilan bir vaqtda, "Vkontakte" ijtimoiy tarmog‘i orqali u Petrozavodsk va Murmansk aholisini Suriyaga borishga va “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lishga da’vat qilgan", — deyiladi xabarda.

U bu jinoiy faoliyati uchun 20-yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0