TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Donesk Xalq respublikasida balog‘atga yetmagan yoshlardan tuzilgan qo‘poruvchi guruh qo‘lga olindi, DXR Davlat xavfsizlik vazirligi xabariga asosan.
“Bir guruh o‘smirlardan tuzilgan qo‘poruvchi guruh tomonidan 2015-yilning may oyidan 2016-yilning iyuniga qadar fuqaro avtomobillari, harbiy aloqa avtomobili, Yasinovat tuman IIB xizmati avtomobili hamda harbiy inshootlar portlatilgan”, — deyilgan DXV xabarida.
Muassasa ma’lumotiga ko‘ra, Doneskda yashovchi o‘smirlarni, chaqiruv nomi “Almaz” bo‘lgan, Ukraina maxsus xizmati xodimi yollagan.
Tekshiruvlar ishlari davom etmoqda.