Toshkentda g‘aroyib rasmlar ko‘rgazmasi ochildi

© Sputnik / Aleksandr Kojoxin / Mediabankka o‘tishMoskvadagi 3D-rasmlar festivali
Moskvadagi 3D-rasmlar festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma doimiy ravishda, dam olish kunlarisiz ishlaydi va undagi rasmlar soni ko‘payib boradi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Toshkentda ilk 3D rasmlar ko‘rgazmasi ochildi. Tashrif buyuruvchilar rasmlarni nafaqat tomosha qilishlari, balki bevosita ularning qahramonlariga aylanishlari mumkin, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rossiyalik dizaynerlar tomonidan yaratilgan bu rasmlar nafaqat devordan, balki ko‘rgazma zali polidan ham o‘rin olgan bo‘lib, maxsus 3D effektini hosil qiladi.

"Rasmlar ustida yurish, o‘tirish va hatto yotish ham mumkin. Tashrif buyuruvchilar xuddi shunday qilishmoqda",- deydi ko‘rgazma tashkilotchisi Dmitriy Kim.

Uning aytishicha, bunday ko‘rgazma tashkil etish g‘oyasi unga Tailanddagi ana shunday ko‘rgazmada bo‘lganidan keyin kelgan.

"Toshkent uchun bu albatta yangilik va biz bu fotoko‘rgazmaga ko‘plab odamlar kelishiga ishongandik. Ko‘rgazmani mamlakatning boshqa viloyatlarida ham tashkil qilishimiz mumkin",- deb qo‘shib qo‘ydi Kim.

Ko‘rgazma doimiy ravishda, dam olish kunlarisiz ishlaydi va undagi hozirda 30tani tashkil etuvchi rasmlar soni ko‘payib boradi.

Surat bilan uyg‘unlik tasavvurini uyg‘otish uchun tashrif buyuruvchi 3D rasm oldida to‘g‘ri joyni tanlay olishi kerak. Ana shunda u rasmning ajralmas qahramoniga aylanadi.

Antiqa ko‘rgazmada qoidalar ham antiqa. Zalga kirishdan oldin tashrif buyuruvchilar oyoq kiyimlarini yechishlari lozim.

Yangiliklar lentasi
0