O‘zbekiston paralimpiya jamoasi oltinchi o‘ringa chiqdi

© REUTERS/Pilar OlivaresRioda paralimpiada o‘yinlari
Rioda paralimpiada o‘yinlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi 21 medal sovrindori bo‘lib jamoalar orasida oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston jamoasi yana ikki oltin medal yutib oldi, deb xabar qilmoqda Respublika Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi.

Musobaqaning to‘rtinchi kuni jamoa suzuvchilari ikki oltin medal sohibi bo‘lishdi. Firdavs Musabekov 100m ga suzish bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatdi. Ushbu masofaga suzish bo‘yicha ayollar orasida Fotimaxon Amilova ham o‘z toifasida nafaqat oltin medal sohibi, balkim yangi jahon rekordi o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldi.

© Natsionalnaya paralimpiyskaya assotsiatsiya Uzbekistana na FacebookSeremoniya nagrajdeniya na Paralimpiyskix igrax v Rio
Seremoniya nagrajdeniya na Paralimpiyskix igrax v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya nagrajdeniya na Paralimpiyskix igrax v Rio
Bundan oldin O‘zbekiston paralimpiya dzudo jamoasi uch oltin, bir kumush va olti bronza —  jami 10 medal yutib olib, jamoalar orasida birinchilikni egallagan edi.

Bugungi kun hisobida O‘zbekiston paralimpiya jamoasi hamonida jami 21 medal to‘plangan. Ulardan 6 oltin, 4 kumush va 11 bronza medallar. Jami 32 sportchidan iborat jamoa uchun ushbu ko‘rsatkich juda yaxshi. Paralimpiya o‘yinlari   18 sentabrga qadar davom etadi.  

 

Yangiliklar lentasi
0