Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i uyidan 9 mlrd rubl topildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishIIV polkovnigi D.Zaxarchenko
IIV polkovnigi D.Zaxarchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIVi Bosh Boshqarmasi korrupsiyaga qarshi bo‘lim boshlig‘i vazifasini o‘tovchi polkovnik Dmitriy Zaxarchenko uyini tintuv qilish vaqtida 9 mlrd rubl topildi.

TOShKENT, 10 sen —Sputnik. Rossiya IIVi Bosh Boshqarmasi korrupsiyaga qarshi bo‘lim boshlig‘i vazifasini o‘tovchi polkovnik Dmitriy Zaxarchenko juma kuni 7 mln rubl pora olgani uchun hibsga olingan edi.

Keyinroq Tergov qo‘miatisi tomonidan o‘tkazilgan tintuvda Zaxarchenkoning uyidan 120 mln dollar va 2 mln yevro (umumiy qiymati 9 mlrd rubl) topildi.

Ayni damda Zaxarchenko JKning “Katta miqdorda pora olish”, “Lavozimini suiste’mol qilish” va “Tergovchilarning xizmat vazifasini o‘tashiga xalal berish” kabi bulimlariga asoasan ayblanmoqda.

Polkovnikning o‘zi ushbu ayblovlarni tan olmasdan, topilga pullar meniki emas, deb da’vo qilmoqda.

OAVlar Zaxarchenkoning qo‘lga olinishini kriminal dunyosi avtoritetlaridan biri Shakro Molodoy laqabi bilan taniqli bo‘lgan Gruziyalik Zaxariy Kalashovning hibsga olinishi bilan bog‘lamoqda.

Dmitriy Zaxarchenko 2014-yilda Rossiya IIVning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i vazifasi o‘tuvchi qilib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0