TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlari idorasidan ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi barcha masjidlarda hayit namozi 2016-yil 12-sentabr, dushanba kuni tonggi soat 06-15 da o‘qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi, deya xabar beradi UZ24 nashri.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasining muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qurbon Hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilingan edi. Hujjatga ko‘ra, 12-sentabr, dushanba kuni O‘zbekistonda dam olish kuni sifatida belgilangan.