OAV: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni KXShTga boshlamaydi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishKXShT malakatlari bayroqlari
KXShT malakatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident vazifa va vakolatlarini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlisda so‘zlagan nutqida, O‘zbekiston hech qanday harbiy ittifoqlarga qo‘shilmasdan, oldin tanlagan betaraflik yo‘lidan borishini tasdiqladi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Prezident vazifa va vakolatlarini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev, Islom Karimov olib borgan betaraflik siyosatini davom ettirishga va hech qanday harbiy ittifoqlarga, jumladan KXShTga ham qo‘shilmasligini ta’kidladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Undan tashqari, Mirziyoyev mamlakat ichida chet davlat harbiy bazalarini joylashtirmaslikka va O‘zbekiston harbiy kuchlarini Respublika hududidan tashqarida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi. Aynan shu sababdan, Yevropa mamlakatlar OAVlari O‘zbekiston KXShTga qaytmaydi degan fikr bildirmoqda.

"Hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari O‘zbekiston hududida joylashishiga, shuningdek, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ilgarigidek, davlatimizning qat’iy siyosiy pozitsiyasi bo‘lib qoladi", — dedi Mirziyoyev deputatlar oldida.

Shu bilan bir vaqtda, prezident vazifa va vakolatlarini vaqtincha bajaruvchi O‘zbekistonga yaqin qo‘shni bo‘lgan Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari bilan ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borishda davom etishini aytib o‘tdi.

Tashqi siyosatda Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash, ayniqsa Rossiya bilan Strategik sheriklik hamda Ittifoqchilikni kuchaytirish mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashiga alohida e’tibor berib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin bir necha ekspertlar, jumladan "Problemi natsionalnoy strategii" jurnali bosh muharriri Ajdar Kurtov Sputnik O‘zbekiston bilan bo‘lgan suhbatda O‘zbekistonni KXShTga a’zo bo‘ladi deb bashorat qilgan edi.

"Bundan (ya’ni KXShTga a’zo bo‘lishdan) O‘zbekiston zarracha ham o‘zining suverenitetini va mustaqilligini yo‘qotmaydi. O‘zbekiston uchun xavfsizlik muammosi hech qayerga yo‘qolgani yo‘q, buni hal qilishda ittifoqchilar unga yordam berishi mumkin. Undan tashqari, O‘zbekiston iqtisodiy sabablarga ko‘ra ham qo‘shilishi mumkin, chunki KXShT a’zolariga qurol-yarog‘ chegirma bilan sotiladi", — degan edi Ajdar Kurtov.

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zolari — Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston. Tashkilotning asosiy maqsadi, bu — tinchlikni, xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlash. Kollektivlik asosda a’zo mamlakatlarning mustaqilliki, hududiy butunligi va suverenitetini himoya qilish. Ushbu maqsadlarga erishishda siyosiy choralar ustuvorlikka ega.

Shanxay hamkorligi tashkilotining asosiy vazifasi — a’zo mamlakatlar joylashgan keng hududda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorchilikka, separatizmga, ekstremizmga, narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurash, o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni va energetika sohasida sheriklikni rivojlantirish hamda ilmiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishdir. ShHTga a’zo mamalkatlar: O‘zbekiston, Qozog‘iston, XXR, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiya.

Yangiliklar lentasi
0