TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga 3,3 kilogramm afun xomashosini olib kirishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga kuch tizimidagi manba.
Bu shaxs Afg‘onistonning Balx viloyati Sho‘rtepa tumanidagi Juyivakil aholi maskanida yashovchi Mamatqul Mamatnazar o‘g‘li ekanligi ma’lum bo‘ldi.
"Qo‘lga olingan shaxsning ko‘rsatmasiga qaraganda, u va uning “Ahmad” ismli sherigi yukni Amudaryoning o‘zbek sohiliga o‘tkazib berishlari kerak bo‘lgan. Mamatqul qo‘lbola suzish vositasi yordamida daroni kesib o‘tishga uringan. Biroq u MXX tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi", — dedi kuch tizimidagi manba.
Ko‘zdan kechirish jarayonida qo‘lga olingan shaxsning yonidan to‘q jigarrang tusdagi modda solingan polietilen paket chiqdi. Ekspertiza uning yuqori sifatli afun xomashosi ekanligini ko‘rsatdi.
Tergov jarayonida MXX xodimlari qo‘lga olingan shaxsning ilgari 13 kilogramm 991 gramm afun xomashosi olib o‘tilishi bilan bog‘liq kontrabanda ishiga aloqador ekanligini aniqlashdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida jinoyatchi ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Sudda Mamatqul Mamatnazar o‘g‘li aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Unga nisbatan 18-yilga ozodlikdan mahrum etish hukmi chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi O‘zbekistonga 5 kilogramm giyohvand modda olib o‘tishga uringan afg‘onistonlik yana bir narkokuryer Xudoyqul Jabbor o‘g‘lini 17-yilga ozodlikdan mahrum qilish bo‘yicha hukm chiqargandi.